
Startaplarni rivojlantirish dasturi (SGP 2.0) doirasida tanlov jarayoni yakunlandi.
SGP 2025
Bu yil dasturga qiziqish ayniqsa yuqori bo‘ldi, ko‘plab arizalar kelib tushdi va ularning har biri jamoalarning jiddiy tayyorgarlik darajasi va intilishlarini namoyish etdi.
Sinchkovlik bilan tanlab olish orqali biz UzVC ichki jamoasi va xorijiy hamkor ekspertlar tomonidan baholangan 20 ta eng istiqbolli startapni tanlab olishga muvaffaq bo‘ldik. Tanlov bo‘yicha qarorlar ishtirokchilar o‘rtasidagi yuqori raqobat tufayli oson bo‘lmadi, shunga qaramay, UzVC jamoasi va mentorlar loyihalarni halol va sifatli tanlash uchun ulkan ishlarni amalga oshirdilar.
Biz ishonamizki, dasturda ishtirok etish ular uchun rivojlanish va yangi bozorlar sari kuchli tramplinga aylanadi.
Bizning fondimiz uchun bu shunchaki navbatdagi akseleratsiya bosqichi emas. Startup Growth Program - bu iqtidorli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish va kelajakni o‘zgartirishga qodir innovatsiya yechimlarni yaratishga qaratilgan strategik tashabbusdir.
Akseleratsiya dasturini 2025-yil sentyabr oyi oxirida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Uning doirasida startaplar quyidagilarga ega bo‘ladilar:
- soha yetakchi ekspertlaridan mentorlik ko‘magiga,
- investitsiya jalb qilish imkoniyatlariga,
-texnologik yechimlar va biznesni kengaytirish sohasida amaliy ekspertiza o‘tkazish.
Jamoamiz aynan shunday tashabbuslar mintaqada barqaror startap ekotizimini shakllantirishga asos bo‘lishi va global ambitsiyalar uchun yangi ufqlarni ochishi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Keyingi e’lonlarni saytimiz va UzVC rasmiy kanallarida kuzatib boring.