SGP Life Sciences dasturiga startaplar saralab olindi
Startups
LifeSciences
Healthtech
Pharmatech
Biotech
UzVC va DOMiNO Ventures SGP Life Sciences akseleratsiya dasturida ishtirok etadigan 16 ta startapni saralab oldi. Tanlangan jamoalar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya va boshqa mamlakatlardan bo‘lib, Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida innovatsion yechimlarni ishlab chiqmoqda.
Tanlangan startaplar
SGP Life Sciences dasturiga quyidagi startaplar qabul qilindi:
-
Mantiscope
-
Fabs3DAI
-
YaYo
-
Cortex AI
-
Body Tester
-
Lekko
-
Sino AI
-
Cortivox AI
-
Tomo24
-
Nexgene AI
-
ORTO
-
SV Microbiology
-
Shifa
-
TAMES AI
-
qMed AI
-
Metaclinic
Tanlov jarayonida asoschilarning tajribasi, ilmiy salohiyati, mahsulotlarning rivojlanish bosqichi, sog‘liqni saqlash sohasidagi real muammolarni hal qilish imkoniyati hamda mintaqaviy va xalqaro bozorlarga chiqish salohiyati inobatga olindi.
Dastur davomida nimalar kutilmoqda?
Keyingi ikki oy davomida tanlangan startaplar global mentorlar, soha ekspertlari va investorlar bilan ishlaydi. Dastur davomida jamoalar o‘z bizneslarini rivojlantirish va xalqaro bozorlarga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish uchun amaliy va individual yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlanadi.
Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarga qaratilgan:
-
regulyator strategiyasi;
-
klinik validatsiya;
-
bozorga chiqish strategiyasi;
-
investitsiya jalb qilish;
-
xalqaro bozorlarga kengayish.
Dastur 2 oktabr kuni tanishtiruv sessiyasi bilan boshlandi. Undan so‘ng 8 oktabr kuni Team Meetup bo‘lib o‘tadi va 20 noyabrgacha vorkshoplar davom etadi. 23–24 noyabr kunlari startaplar O‘zbekistonda oflayn Bootcampda ishtirok etadi. Dastur yakunida esa ular o‘z loyihalarini 25 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Demo Dayda taqdim etadi.
Mintaqada Life Sciences ekotizimini rivojlantirish
SGP Life Sciences orqali UzVC va DOMiNO Ventures Markaziy Osiyoda Biotech, Healthtech va Pharmatech yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan istiqbolli asoschilarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.
Dastur mahalliy va mintaqaviy startaplarni xalqaro ekspertlar, venchur fondlar va investorlar bilan bog‘lash, ularning investitsiyaga tayyorgarligini kuchaytirish hamda global bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Barcha tanlangan jamoalarni tabriklaymiz! Ularning akseleratsiya jarayonidagi keyingi bosqichlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz.