Toshkentda Startup Growth Program 3.0 doirasida 23 ta istiqbolli startap uchun yopiq konferensiya bo‘lib o‘tdi

SGP 3.0.

Tadbir Startup Growth Program 3.0 (SGP 3.0) dasturining birinchi bosqichi bo‘lib, startaplarni chuqur diagnostika qilish, ularning o‘sish salohiyatini baholash hamda dasturning keyingi bosqichida ishtirok etadigan startaplarni saralashga qaratildi.

Toshkent, 2026-yil 8-sentabr — 8–10-sentabr kunlari Toshkent shahrida Startup Growth Conference & Bootcamp bo‘lib o‘tdi.

Uch kunlik yopiq konferensiya SGP 3.0 dasturiga saralab olingan 23 ta startap jamoasini bir joyga jamladi. Tadbirda har bir startapning asoschilari ishtirok etdi.



Tadbir UzVC va AKS hamkorligida tashkil etilib, amaliy vorkshoplar, ekspertlar bilan ochiq muhokamalar, individual diagnostika sessiyalari hamda startaplar uchun netvorking imkoniyatlarini o‘z ichiga oldi.

 

 

1

 


Xalqaro ekspertlar bilan individual yondashuv


Konferensiyaning asosiy xususiyatlaridan biri har bir startapga individual yondashuv asosida tashkil etilgan 1:1 formatidagi diagnostik intervyular bo‘ldi. Ikkinchi kuni barcha 23 ta startap xalqaro mentorlar va UzVC jamoasi bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazib, o‘z loyihalarini batafsil muhokama qildi.

Dastur doirasida startaplar bilan ishlagan ekspertlar qatorida Silikon vodiysi mentorlari Jay Onda, Sharif El-Badawi va Marvin Liao ham bor.

Diagnostika jarayoni har bir startapning joriy holati, biznes modeli, go-to-market strategiyasi hamda kelgusidagi o‘sish imkoniyatlarini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida ishlab chiqildi.

 

 

2

 

Uch kunlik dastur nimalarni o‘z ichiga oldi?


Konferensiyaning birinchi kuni startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamasi, SGP 2.0 bitiruvchisi Tezbor tajribasi hamda Techstars taqdimotidan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro mentorlar boshchiligidagi amaliy vorkshoplarda qatnashdilar. Mashg‘ulotlar narx belgilash va pozitsiyalash, go-to-market strategiyasining asoslari hamda startap g‘oyasini bitta aniq va tushunarli jumlada ifodalash kabi mavzularni qamrab oldi.

 

Ikkinchi kun to‘liq individual diagnostika sessiyalariga bag‘ishlandi. Barcha 23 ta startap xalqaro mentorlar va UzVC jamoasi bilan alohida uchrashuvlarda o‘z bizneslarini taqdim etdi hamda keyingi rivojlanish bo‘yicha fikr-mulohazalar oldi. Sessiyalar davomida startaplar mentorlar tomonidan baholandi va ulardan 15 tasi dasturning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi.

 

3

 

4


Konferensiyaning uchinchi kuni dastur ishtirokchilarining yakuniy tarkibi e’lon qilindi.


Natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishtirokchilar uchun dasturning keyingi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan orientatsion sessiya hamda netvorking tadbiri o‘tkazildi.

 

 

5

 


Startup Growth Program 3.0 haqida

Startup Growth Program 3.0 — istiqbolli startaplarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, ularni xalqaro ekspertlar va investorlar bilan bog‘lash hamda rivojlanishning navbatdagi bosqichiga tayyorlashga qaratilgan dastur.

SGP 3.0 doirasida startaplar nafaqat moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish, balki xalqaro tajribaga ega mentorlar bilan ishlash, biznesning asosiy yo‘nalishlarini diagnostika qilish hamda o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etishga tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

6

 

Startup Growth Conference & Bootcamp ushbu jarayonning muhim boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, uning davomida har bir startapning individual ehtiyojlari va asosiy o‘sish nuqtalari chuqur o‘rganiladi.