DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi biotexnologiya, salomatlik texnologiyalari va farmatsevtika texnologiyalari startaplari uchun SGP Life Sciences Akseleratsiya Dasturini ishga tushirmoqda
SGP Life Sciences
DOMiNO Ventures va UzVC Markaziy Osiyodagi biotexnologiya, salomatlik texnologiyalari va farmatsevtika texnologiyalari startaplari uchun SGP Life Sciences Akseleratsiya Dasturini ishga tushirmoqda.
Ikki oylik dastur tanlab olingan startaplarni xalqaro mentorlar, soha ekspertlari, venchur fondlari va xalqaro investorlar bilan bog'laydi, amaliy akseleratsiya ko‘magini xalqaro tarmoqlar va investitsiya kapitaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati bilan uyg'unlashtiradi.
SGP Life Sciences Akseleratsiya Dasturi biotexnologiya, salomatlik texnologiyalari va farmatsevtika texnologiyalari sohalarida ishlab chiqilgan mahsulot yoki yechimga ega bo‘lgan, biznesini kengaytirish, investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik ko‘rish va xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan startaplar uchun mo‘ljallangan. Individual yordam va amaliy mentorlik orqali tanlangan jamoalar biznes strategiyasi, mablag‘ jalb qilish va bozorni kengaytirish kabi asosiy yo‘nalishlarda ishlaydi.
Ikki oylik dastur davomida jamoalar xalqaro mentorlar, soha ekspertlari va tajribali investorlar bilan ishlaydi, o‘z sohalari va o‘sish rejalariga tegishli amaliy bilimlarga ega bo‘ladi va muhim professional aloqalarni o‘rnatadi. Dastur, shuningdek, xalqaro venchur fondlari va potensial investorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatlarini yaratadi.
2026-yil oktabr oyida boshlanadigan ikki oylik dastur O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ikki kunlik jonli bootkamp bilan yakunlanadi, undan so‘ng Demo Day bo‘lib o‘tadi. Startaplar investorlar, korporatsiyalar, kompaniya asoschilari va ekotizim yetakchilari bilan uchrashadilar, shuningdek, moliyalashtirish, hamkorlik va xalqaro kengayish imkoniyatlarini o'rganish uchun global venchur fondlariga o‘z loyihalarini taqdim etadilar.
Arizalar 2026-yil 18-sentyabrgacha qabul qilinadi. Startaplar ariza topshirish uchun quyidagi havoladan foydalanishlari mumkin: Ariza topshirish
UzVCning SGP Life Sciences Akseleratsiya Dasturi haqidagi fikri
Dilshod Xashimov, UzVC bosh direktori:
«O'zbekistonda fan, innovatsiya va sog'liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar Life Sciences sohasining rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. SGP Life Sciences ushbu jarayonni yanada rivojlantirishga, tadbirkorlarga ilmiy innovatsiyalar va ularni tijoratlashtirish o‘rtasidagi bo‘shliqni bartaraf etishga, istiqbolli g'oyalarni real ta’sir ko‘rsata oladigan, kengayish salohiyatiga ega bizneslarga aylantirishga yordam berish uchun mo'ljallangan».
DOMiNO Venturesning SGP Life Sciences Akseleratsiya Dasturi haqidagi fikri
Yagiz Karadeniz, DOMiNO Ventures boshqaruvchi hamkori:
« Markaziy Osiyoda global miqyosda raqobatbardosh kompaniyalar yaratish salohiyatiga ega Life Sciences tadbirkorlari soni ortib bormoqda. SGP Life Sciences orqali biz ularga investitsiyaga tayyor bo'lishga, kerakli xalqaro aloqalarni o'rnatishga hamda moliyalashtirish, hamkorlik va global kengayish sari harakatlanishga yordam berishni maqsad qilganmiz».