16-may kuni Global Tech Weekend Tashkent 2026’ning ikkinchi kuni doirasida Techstars, UzVC va Hackonnect vakillari ishtirokida Techstars Global Session bo‘lib o‘tdi
TechstarsGlobalSession
Muhokama davomida founder mindset qanday bo‘lishi kerakligi, bugungi kunda investorlar uchun dastlabki bosqichda nimalar muhim ekani, nega ekotizim xalqaro integratsiyasiz rivojlana olmasligi va bu jarayonda Techstars kabi global akseleratorlar qanday rol o‘ynashi masalalari ko‘rib chiqildi.
Spikerlar:
- Audun Abelsnes, Techstars Middle East boshqaruvchi direktori
- Abdulazal Toshkhujaev, UzVC boshqaruvchi hamkori
- Aziza Xamdamova, Hackonnect boshqaruvchi hamkori
G‘oyadan barqaror startap sari
Muhokamaning asosiy mavzularidan biri founder shaxsiyati bo‘ldi. Spikerlar bir necha bor ta’kidlaganidek, dastlabki investitsiya bosqichlarida investorlar ko‘pincha mahsulotning o‘zidan ko‘ra jamoaning moslasha olish qobiliyati, tez o‘rganishi va noaniqlik sharoitida harakat qila olishini muhimroq deb hisoblaydi.
Suhbat davomida quyidagi savol ham muhokama qilindi: startapning ilk bosqichida nima muhimroq — g‘oya, bozor yoki founder? Turli qarashlarga qaramay, ishtirokchilar founder mindset ayniqsa mahsulot hali shakllanayotgan va bozor endigina rivojlanayotgan paytda hal qiluvchi omilga aylanishi mumkinligi borasida yakdil fikr bildirishdi.
Audun Abelsnes Techstars’dagi xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashib, eng dastlabki bosqichlarda investorlar qaror qabul qilish uchun deyarli yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasligini ta’kidladi. Shu sababli jamoaning quyidagi sifatlari katta ahamiyat kasb etadi:
Investorlar bugun startaplardan nimani kutmoqda
Abdulazal Toshkhujaev UzVC strategiyasi, fond yondashuvlarining evolyutsiyasi va ekotizimni rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar haqida gapirdi. Muhokama davomida mahalliy bozorda hali yetishmayotgan elementlar va texnologik sektor o‘sishini tezlashtirishi mumkin bo‘lgan mexanizmlar ham ko‘rib chiqildi.
Spikerlarning ta’kidlashicha, zamonaviy bozor startaplardan nafaqat kuchli mahsulotni, balki global kontekstni tushunishni ham talab qiladi: масштабlash imkoniyati, xalqaro bozorlar bilan ishlash va ilk bosqichlardanoq barqaror biznes-model qurish.
Investorlar minimal ma’lumot sharoitida qanday qaror qabul qilishi mavzusiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar early-stage venchur investitsiyalarida quyidagilar nihoyatda muhim ekanini ta’kidladilar:
• jamoa sifati
• qaror qabul qilish tezligi
• muammoni chuqur tushunish
• o‘zgarishlarga tayyorlik
• asoschilarning mahsulot bo‘yicha uzoq muddatli qarashni shakllantira olishi
Akseleratorlarning haqiqiy qiymati nimada
Audun Abelsnes Techstars’ning founderlarni qo‘llab-quvvatlash yondashuvi haqida gapirib, akselerator qiymati faqat investitsiyalar bilan cheklanmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro ekspertiza, mentorlik yordami, networking va global texnologik muhitga tezroq integratsiyalashish imkoniyati asosiy rol o‘ynaydi.
Muhokama davomida Founders First yondashuvi ham ko‘rib chiqildi. Bu yondashuv nafaqat kompaniya o‘sishiga, balki founderlarning o‘zini rivojlantirishga, ularning liderlik qobiliyatlari, barqarorligi va yuqori noaniqlik sharoitida jamoani boshqara olishiga ham e’tibor qaratadi.
O‘zbekiston uchun bunday hamkorlik formati ayniqsa muhim, chunki mahalliy ekotizim hali faol shakllanish bosqichida bo‘lib, xalqaro tajriba, amaliyot va global aloqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishga ehtiyoj sezmoqda
Sessiya davomida ishtirokchilar O‘zbekiston startap ekotizimining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini ham muhokama qilishdi.
So‘nggi bir necha yil ichida mamlakat texnologik tadbirkorlik, venchur investitsiyalar va innovatsion loyihalarga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Mahalliy fondlar, akseleratorlar va xalqaro hamkorliklarning paydo bo‘lishi asta-sekin to‘laqonli venchur muhit infratuzilmasini shakllantirmoqda.
Shu bilan birga, spikerlar ekotizim hali faol rivojlanish bosqichida ekanini ta’kidlashdi. Asosiy vazifalar sifatida quyidagilar qayd etildi:
• founder hamjamiyatini rivojlantirish
• xalqaro hamkorlikni kuchaytirish
• tajribali founderlar va mentorlar sonini oshirish
• global investorlarni jalb qilish
• startaplar va bozor o‘rtasidagi amaliy hamkorlik maydonlarini ko‘paytirish
Asosiy sessiyadan so‘ng Audun Abelsnes mahalliy startaplar bilan mentorlik sessiyalarini ham o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida jamoalar mahsulotni rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqish, investorlar bilan ishlash va masshtablashga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishdi. Ko‘plab ishtirokchilar uchun bu dunyodagi eng yirik akseleratsion platformalardan biri vakili bilan o‘z loyihalarini bevosita muhokama qilish imkoniyatiga aylandi.