UzVC boshqaruvchi hamkori Abdulazal Toshxujayev Better Future Acceleration Program doirasidagi panel muhokamasida ishtirok etdi
BetterFutureAccelerationProgram2026
Better Future Acceleration Program doirasida O‘zbekiston venchur ekotizimining yetakchi vakillari ishtirokida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Spikerlar qatorida:
- UzVC’dan Abdulazal Toshxujayev
- AloqaVentures’dan Davron Parmonov
- IT Park Ventures’dan Dalerxon Nodirov qatnashdi
- Muhokamaga DOMiNO Ventures vakili Yagiz Karadeniz moderatorlik qildi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonda venchur bozorining rivojlanishi, investitsion faollikning o‘sishi, exit imkoniyatlari, korporativ venchur kapitalining roli hamda mintaqaga xalqaro investorlarni jalb qilish mexanizmlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy innovatsion xab sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlash va startaplar hamda investorlar uchun barqaror muhit yaratish uchun zarur qadamlar muhokama markazida bo‘ldi.