16-may kuni Toshkentdagi Pharma Park’da UzVC, Domino Ventures va Pharma Park jamoasi ishtirokida yopiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

#PharmaPark #PharmaAgency

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda biotech yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma tashabbuslarni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

Photo 2026 05 22 16 38 47

 

 

 

 

Dastur Pharma Park infratuzilmasi bo‘yicha обзор, texnopark rezidenti bo‘lgan biotexnologik startaplar taqdimotlari, shuningdek Domino Ventures portfel kompaniyalari chiqishlarini o‘z ichiga oldi.

 

 

4

 

 

 

 

Shuningdek, SGP BioTech Launch tashabbusi va ilmiy-texnologik loyihalarni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan akseleratsion tashabbuslarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

5