15-17 - may kunlari Techstars Startup Weekend ideatoni Samarqandda bo‘lib o‘tadi
TechstarsStartupWeekendSamarkand
15–17-may kunlari Samarqand shahrida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida (“Silk Road” International University) startap ekotizimi uchun muhim tadbir — Techstars Startup Weekend Samarkand bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Techstars Uzbekistan jamoasi tomonidan UzVC milliy venchur fondi, Hackonnect kompaniyasi va Samarqand shahar hokimligining hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
100 ga yaqin tashabbuskor ishtirokchilar 54 soatga jamlanib, g‘oyadan ishchi prototip (MVP) yaratishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi hamda “Techstars” metodologiyasi bo‘yicha uchta mualliflik vorkshoplarida o‘z bilimini mustahkamlaydi.
G‘oya ustida ishlash uchun ishtirokchilarga startap, biznes, sun’iy intellekt, AT va marketing sohalarida CEO, top-menejer va asoschilar darajasidagi 12 dan ortiq ekspert-mentorlar yordam berishadi. Mentorlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: startupweekend.uz/samarkand-2026 .
Ishtirokchilar o‘z yechimlarini investorlar hamda venchur jamg‘armalari vakillariga taqdim etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ideaton doirasida ishtirokchilar samarali ishlashi uchun barcha zarur infratuzilma bilan ta’minlanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 million so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashadilar.
Ideaton dasturi shunday tuzilganki, unda ishtirokchilar uch kun davomida texnologik biznesni yo‘lga qo‘yishning barcha muhim bosqichlaridan o‘tadilar:
15-may (Juma) - Pitching (taqdimot) va jamoalarni shakllantirish: Tadbir g‘oyalar taqdimoti bilan boshlanadi, unda ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etadilar va ulardan eng istiqbollilari ochiq ovoz berish yo‘li bilan tanlab olinadi. Tanlangan loyihalar egalari 3-5 kishidan iborat jamoalar tuzadilar. Ushbu xarakat faol ishlarga va innovatsiyalarga to’la keyingi uch kunning boshlang’ich nuqtasiga aylanadi.
16-may (Shanba) - Loyihalashtirish va validatsiya (g’oyani tekshirish): Ikkinchi kun butunlay startaplarni hayotga tatbiq etishga bag‘ishlanadi. Tajribali mentorlar ko‘magida jamoalar prototiplarni (MVP) yaratish, gipotezalarni tekshirish va o‘z biznes modellarini takomillashtirish ustida ishlaydilar.
17-may (Yakshanba) - Taqdimotlar kuni (Demo-day): Yakuniy kunda ishtirokchilar o‘z natijalarini hakamlar hay’ati a’zolari va investorlarga namoyish etadilar. Bu jamoalar uchun o‘zlarini namoyon etish, erishilgan yutuqlarni ko‘rsatish va kelajakdagi hamkorlarning e’tiborini jalb qilish imkoniyatidir. Tadbir umumiy yutuqlarni tantanali nishonlash va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Batafsil dastur - startupweekend.uz/samarkand-2026.
OAV va TV uchun ma’lumot:
Tahririyatlar va media-resurslarni quyidagi yo‘nalishlarda faol hamkorlikka taklif etamiz:
Axborot ko‘magi: Iste’dodli yoshlar va ishini yangi boshlayotgan tadbirkorlar ushbu imkoniyat haqida imkon qadar ko‘proq bilib olishlari uchun mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashingizni hamda o‘z kanallaringizda ideaton anonsini joylashtirishingizni so‘raymiz.
Uch kun davomida tashrif: OAV va TV vakillari tadbirga dasturning uch kuni davomida jadvalga muvofiq istalgan vaqtda tashrif buyurishlari mumkin. Bu jamoalarning ish jarayonini ichkaridan kuzatish, ishtirokchilar bilan tanishish va intervyu olish uchun ajoyib imkoniyatdir. To‘liq dastur bilan saytda tanishishingiz mumkin: startupweekend.uz/samarkand-2026 .
Taqdimotlar kuniga (Demo Day) taklif: Sizni 17-may kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan loyihalarning tantanali yakuniy taqdimotida kutamiz. Siz innovatsion mahsulotlarni birinchilardan bo‘lib ko‘rish, bo‘lajak bozor yetakchilari bilan suhbatlashish, shuningdek, mentorlar, hakamlar hay’ati, investorlar va tadbirning faxriy mehmonlari bilan shaxsan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Tashkilotchilar haqida:
● Techstars: G‘oyadan tortib MVP, inkubatsiya va akseleratsiyagacha bo‘lgan barcha bosqichlarda startaplarni qo‘llab-quvvatlaydigan xalqaro investitsiya platformasi va akseleratori.
● UzVC: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Milliy venchur fondi.
● Hackonnect: Techstars dasturlarining O‘zbekistondagi rasmiy tashkilotchisi.
● Silk Road International University: Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
● Samarqand shahar hokimligi
Tadbir manzili: Samarqand shahri,Universitet xiyoboni ko’chasi, 17-uy, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Sana: 2026-yil 15–17-may.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: startupweekend.uz/samarkand-2026 (ishtirokchilar uchun promokod: SWS26EDU).
Aloqa uchun: Asilbek Ortikov, +998909848875
Qulay fursatni kutmang. Uni Techstars Startup Weekend’da o‘zingiz yarating.