UzVC farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatni boshlamoqda
Deep Tech
Pharm Agency
Farmatsevtika sohasida innovatsion startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida, UzVC Milliy venchur fondi rahbari Dilshod Xashimov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
13 aprel kuni farmatsevtika sohasida innovatsion startap loyihalarni rivojlantirish maqsadida, UzVC Milliy venchur fondi rahbari Dilshod Xashimov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Uchrashuv davomida sohada istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyaviy va institutsional jihatdan rivojlantirish, shuningdek innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅ Xususan, DeepTech yo‘nalishidagi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yuqori texnologiyalarga asoslangan tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mazkur yo‘nalishda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.