UzVC va AICA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik memorandumi imzoladi

UzVC and AICA

18-fevral kuni AICA va UzVC venchur studiyasi vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida sun’iy intellekt sohasida barqaror hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat texnologik ekotizimni rivojlantirish, innovatsion faollikni rag‘batlantirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha tomonlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish niyatini mustahkamlaydi.

 

Img 8851 11zon

 

Kelishuv doirasida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

 

 

 - sun’iy intellekt sohasidagi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va akseleratsiya qilish;

 

- sohaviy ekspertiza va tahliliy ma’lumotlar almashinuvi;

 

- ixtisoslashgan tadbirlar, ta’lim dasturlari va ekspert sessiyalarini tashkil etish;

 

- startaplar, investorlar va korporativ sektor o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

 

 

Img 8858 11zon

 

Memorandum imzolanishi tomonlarning AI ekotizimini tizimli ravishda rivojlantirish hamda texnologik yechimlarni mahalliy va xalqaro darajada kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratishga intilishini aks ettiradi.

 

 

 

UzVC startaplar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va barqaror texnologik o‘sish muhitini shakllantirish maqsadida bozordagi asosiy ishtirokchilar bilan hamkorlikni izchil mustahkamlashni davom ettirmoqda.

 

Img 8867 11zon