UzVC Demo Day va Central Asia Venture Conference 2025 ni o'tkazib, O'zbekistonning o'sib borayotgan startap ekotizimini namoyish etmoqda
Demo Day
SGP 2.0.
Milliy venchur fondi UzVC hamda AKS Services Group 2025-yil 5-dekabrda Toshkentdagi U-ENTER Innovatsion markazida Demo Day & Central Asia Venture Conference 2025 ni o'tkazadi.
Tadbir startap asoschilari, investorlar, rivojlanish institutlari davlat idoralarini birlashtirib, O'zbekistonning venchur ekotizimining jadal rivojlanayotgan sur'atlarini ko'rsatadi.
Bu yilgi konferentsiya to'rt oylik Startup Growth Program 2.0 (UzVC SGP 2.0) dasturining yakuniy bosqichidir — bu O'zbekistonning dastlabki bosqichdagi startaplarga tizimlashtirilgan ta'lim, mentorlik va xalqaro hamkorlik orqali investitsiyaga tayyor bo'lishga yordam beradigan asosiy akseleratsiya tashabbusidir. O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining 16 ta startapi mahalliy, mintaqaviy va global investorlar oldida o'z loyihalarini taqdim etadi.
Markaziy Osiyoning venchur kelajagini qurish
UzVC rahbarligida ishlab chiqilgan va AKS Services bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan UzVC SGP 2.0 dasturi global eng yaxshi amaliyotlarga asoslanadi va Asher Siddiqui (Asilica), Marvin Liao (Sukna Ventures) va Sharif El-Badawi (LGND) kabi yetakchi venchur kapitalistlarning mentorligini, shuningdek Silikon vodiysi, Yevropa va MENA mintaqasidan qo'shimcha mentorlarning qo'llab-quvvatlashini o'z ichiga oladi.
Konferentsiyada venchur investorlar va akseleratorlar ishtirokida ikki yuqori darajali panel muhokamasi bo'lib o'tadi:
- Startaplar, sun'iy intellekt va global trendlar: AI kelajagi, asoschilarnining tayyorligi va o'zgarib borayotgan global investitsiya muhiti haqida mintaqaviy va xalqaro venchur fondlari, akseleratorlar va deep-tech investorlari bilan muhokamasi.
- O'zbekiston o'sib borayotgan investitsiya bozori sifatida: bozor imkoniyatlari, mintaqaviy raqobatbardoshlik va o'sib borayotgan transchegaraviy venchur faoliyatini Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqda faoliyat yuritayotgan mintaqaviy fondlar ishtirokida muhokamasi.
Ishtirokchi va qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar orasida: O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (Jahon Banki Guruhi), BMT Taraqqiyot Dasturi, UK International Development, U-ENTER, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar Ventures, Hackonnect va ko'plab Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va AQSh mamlakatlaridan mintaqaviy va xalqaro venchur fondlari.
“O'zbekiston endi ekotizimni qurishdan uni ekspansiya qilishga o'tmoqda”, — dedi Dilshod Xashimov, UzVC bosh direktori. — SGP 2.0 orqali biz startap asoschilariga ambitsiyalarni kengaytiriladigan, investitsiyaga loyiq biznesga aylantirishda yordam beramiz va ularni global kapital bilan bog'laymiz".
UzVC SGP 2.0 ning jonli bosqichi 3-5 dekabr kunlari o'tadi va ikki kunlik pitch tayyorlash Bootcamp dan boshlanadi, bu yerda startaplar mentorlar rahbarligida o'z taqdimotlarini takomillashtiradilar. Demo Day & Central Asia Venture Conference 5-dekabrda U-ENTER da bo'lib o'tadi va investorlar, hamkorlar va ekotizima ishtirokchilarini birlashtiruvchi networking-lanch bilan yakunlanadi.
Startup Growth Program (SGP 2.0) haqida
2022-yilda UzVC va AKS Services hamkorligi tashabbusi sifatida boshlangan Startup Growth Program — O'zbekistonning mahalliy imkoniyatlarni rivojlantirish va global mentorlikni birlashtirgan birinchi tizimlashtirilgan akseleratsiya platformasi. Uning missiyasi — o'zbek startaplarini seed va Series A raundlariga tayyorlash va ularni xalqaro innovatsion tarmoqlarga integratsiya qilish.
Hamkorlar
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (Jahon Banki Guruhi), BMT Taraqqiyot Dasturi, UK International Development, U-ENTER, Yoshlar ishlari agentligi, Hackonnect, Yoshlar Ventures.
Venchur fondlar
Techstars, DOMiNO Ventures, Tensor Ventures, LTV Capital, Elpis Labs, Orbit Ventures, Big Sky Capital, MOST Ventures, Activat VC, White Hill Capital, Sturgeon Capital.
Ishtirokchi startaplar
AI Business Assistant, Akam, D-Clinics, DriveLens AI, Fleetroot, Globi eSIM, Osnova, Robosell, Smart Haul Yield, TapHR, Tezbor, TezzGo, Uysot, Vasit, Wellmay, Yaya.