{ Bizning ustuvorliklar }

Jahon bozori ambitsiyalarga ega startaplarga sarmoya kiritamiz

Mahalliy bozordan tashqariga chiqib, biznesini xalqaro miqyosda rivojlantirishga intilayotgan startap asoschilarga ustuvorlik beramiz.

Ariza yuborish

Iltimos, ariza to'ldirishda taqdim etayotgan barcha ma'lumotlaringiz to'g'ri va to'liq ekanligiga ishonch hosil qiling. Noto'g'ri yoki etishmayotgan ma'lumotlar arizangizni ko'rib chiqish jarayonini kechiktirishi mumkin.

Ariza holati

Arizani koʻrib chiqish jarayoni odatda 7 ish kunigacha davom etadi. Arizangiz muvaffaqiyatli topshirilgandan soʻng, uning holatini istalgan vaqtda kuzatib borish uchun sizga maxsus ID-raqam taqdim etiladi.

{ Investitsiya miqdorlari }

$50 000 dan $150 000 gacha

Biz startaplarga har tomonlama yordam ko'rsatamiz — moliyalashtirish va strategik maslahatlardan tortib, bozor bo'yicha ekspertiza va kuchli hamkorlar tarmog'i bilan bog'lanishgacha. Maqsad — mahalliy va xalqaro bozorda muvaffaqiyatli rivojlanishingizga ko'maklashish.

{ Investitsion yo'nalishlar }

Biz turli istiqbolli sohalarda innovatsion yechimlar yaratayotgan asoschilarga e'tibor beramiz. Kelajakni shakllantirayotgan istiqbolli startaplarga investitsiya kiritamiz.

  • AI/Machine Learning
  • Smart Business
  • FinTech
  • Data & Analytics
  • Cleantech
  • E-commerce
  • Cybersecurity
  • HealthTech
  • Other Directions